BANK-MIJOZ
“Bank-mijoz” dasturiy tuzilmasi quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- Mijozning joylashgan joyida bank xizmatini ko`rsatish;
- Bank hisob operatsiyalarini o`tkazishda mijozlarga qulay sharoit yaratish;
- Mijozlar vaqtini tejash hamda bank filiallariga borish zaruratini yo`qotish.
- Bank bilan modem aloqasi orqali axborotlar almashish amalga oshiriladi, natijada ihtiyoriy geografik uzoqlikda bo`lgan banklar bilan ishlash imkonini beradi.
- “Bank-mijoz” dasturida axborotlar kriptografik himoyalangan va dastur mijozni bank xujjatlarini yuritish uchun xizmat qiladi. Mijozning bankdagi shaxsiy hisob-raqami va xujjatlari haqida aniq ishonarli axborotga ega bo`lishini ta`minlaydi.
Dastur bank xujjatlarini to`g`ri to`ldirishga yordam berib, u xujjatlarning arxivini yuritadi. “Bank-mijoz” dasturiy tuzilmasi quyidagi hisobotlarni tayyorlaydi:
- Xujjatlar opisi (xujjatlar haqidagi ma`lumotlarni, mijozning bankdagi kunlik hisob operatsiyasi);
- Ko`chirma (mijozning hisob raqamidagi harakatlari haqida axborot);
- Saldo — aylanma vedomosti (mijozning hisob raqami aylanmasi va qoldiq hisob haqidagi axborot).
![]() |
Bank-mijoz so`rovnomasi
(PDF, 136 KB) |






