INTERNET-BANK
"Internet-Bank" xizmati orqali mijoz o’z ish joyida yoki boshqa o’ziga qulay sharoitda- to’lovlarni o’tkazish,
- to’lov o’tishi bosqichlarini kuzatish,
- mavjud xatolarni operativ tuzatish,
- barcha hisobotlarni olish
kabi barcha bank amaliyotidan foydalanishi mumkin bo’ladi.
Buning uchun har bir mijozga beriladigan unikal elektron raqamli kalitning o’zi yetarli.
Ma'lumki, "Internet-Bank" - Internet tarmog’iga ulanish mumkin bo’lgan ixtiyoriy joydan turib mijozlarga keng qamrovli bank xizmatlari ko’rsatish texnologiyasidir.
"Internet-Bank" orqali korxona, fermer buxgalteri o’z ish joyidan Internet orqali bank saytiga ulanib korxona hisob raqamiga tushayotgan pullarni ko’rishi, pul o’tkazmalarini tayyorlab bankga uzatishi mumkin bo’ladi.





