Mikrokreditbank

JISMONIY SHAXSLAR UCHUN

PLASTIC KARTOCHKALARI

РУС O`ZB ENG
Bosh sahifa » Matbuot markazi

MATBUOT MARKAZI

Mikrokreditbankning ijtimoiy samaradorligi yuqori!

3.01.2011

    Jahon banki va SGAP tomonidan sertifikatlangan mikrokredit moliya muassasalarni faoliyatiga baho beruvchi  Italiyaning "MicroFinanza Rating" kompaniyasi Mikrokreditbank faoliyatini o’rganib, unga ijtimoiy reyting berdi.
    Ma'lumki, mikromoliyaviy xizmatlarning pirovard natijada manzilga, kam ta'minlangan aholiga aniq yetib borishini aniqlash maqsadida bugungi kunda investisiya kompaniyalari va moliya muassasalari  mikromoliyaviy xizmatlarning umumiqtisodiy jihatlari bilan bir qatorda ularning aholi uchun ijtimoiy samaradorligiga tobora ko’proq ahamiyat qaratmoqda.
    Xalqaro ijtimoiy yo’nalishdagi reyting kompaniyasi tomonidan 2010 yil natijalariga ko’ra Mikrokreditbankka xalqaro me'yorlarga muvofiq "sBB" - "Bank oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni amaliyotda ro’yobga chiqarishga va ijtimoiy masalalarni ilgari surishga yetarli darajadagi samarali qobiliyatga hamda bunga erishish uchun yuqori ehtimolga ega" ijtimoiy reytingi berildi.