Mikrokreditbank

JISMONIY SHAXSLAR UCHUN

PLASTIC KARTOCHKALARI

РУС O`ZB ENG
Bosh sahifa » Matbuot markazi

MATBUOT MARKAZI

TANLOV YAKUNLANDI

6.02.2012

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 31 oktyabrdagi "Aholining omonatlarini jalb qilish bo’yicha respublika tijorat banklari o’rtasida tanlov o’tkazish to’g’risida"gi qaroriga muvofiq 2011 yil yakunlariga ko’ra aholi bo’sh pul mablag’larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo’yicha tanlov yakunlandi.  

    Mazkur tanlovda aholining bo’sh pul mablag’larini omonatlarga jalb qilishda tijorat banklarini rahbatlantirish va banklarning investision imkoniyatlarini yanada kengaytirish ularning resurs bazasini mustahkamlash, shuningdek aholiga ko’rsatilayotgan bank-moliya xizmatlari sifatini yanada yaxshilash ko’zda tutildi. Tanlovda jami 30 ta tijorat banki, 822 ta filial va 4000 dan ziyod mini-bank va maxsus kassalar ishtirok etdi. 

    Tanlov natijalariga ko’ra, "Mikrokreditbank"ning "To’raqo’rg’on" minibanki  "Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi mini-banki" nominasiyasi bo’yicha I-o’rinni, Uchquduq filiali "Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo’yicha yilning eng yaxshi filiali" nominasiyasi bo’yicha II-o’rinni egalladi.

    Shuningdek, Xo’jayli mini-banki boshlig’i Qizilgul Ismoilova  "Omonatlarni jalb qilish bo’yicha bank faxriysi" nominasiyasida,  bankning "Ishbilarmon" omonati esa "Milliy valyutadagi eng yaxshi jamg’arma depoziti" nominasiyasida  g’olib deb topildi.