JISMONIY SHAXS XIZMATLARI
"Mikrokreditbank" kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yo`li bilan yangi ish o`rinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarida aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand bo`lishini ta`minlash uchun moliyaviy mablag`lar berishni yanada kengaytirishga da`vat etilgan.
"Mikrokreditbank" tarkibida 80 ta filial, 243 ta minibank va 16 ta agentlik mavjud. Bugungi kunda bank o`zining yetuk mutaxassislari bilan 60 mingdan ortiq mijozlariga sifatli bank xizmati ko`rsatib kelmoqda.
"Mikrokreditbank" aksiyadorlik-tijorat banki o`z mijozlariga milliy hamda chet el valyutasida quyidagi bank xizmatlarini ko`rsatadi:
- jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning xisob-varaqalarini ochish va hisob-varaqalar bo`yicha hisob-kitob yuritish;
- omonatlarni jalb qilish;
- kreditlar va uning foizlarini o`z vaqtida qaytarilishini ta`minlash bilan, o`z mablag`lari va jalb etilgan mablag`lar hisobidan o`z nomidan kreditlar berish;
- mablag` egasi yoki mablag`ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul mablag`larini boshqarish;
- pul mablag`larining to`lov va hisob-kitob xujjatlarini inkassa qilish;
- uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish;
- qimmatli qog`ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va saqlash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog`ozlarni boshqarish, qimmatli qog`ozlar bilan boshqa operasiyalarni bajarish;
- bank faoliyati yuzasidan maslahat va axborot xizmati ko`rsatish;
- jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar yoki ular ichidagi po`lat sandiqlarni ijaraga berish;
- WESTERN UNION xalqaro pul ko`chirish xizmatlarini amalga oshirish;
- moliya lizing xizmatlari ko`rsatish.
![]() |
![]() |
Evro valyutasida hisobvaraq ochish arizasi
(PDF, 56 KB) |
![]() |
AQSh dollari valyutasida hisobvaraq ochish arizasi
(PDF, 55 KB) |
![]() |
O`zbek so`mi valyutasida hisobvaraq ochish arizasi
(PDF, 55 KB) |
![]() |
Xizmat ko`rsatish tariflari
(PDF 3,51 МB) |






