PUL O`TKAZMALAR
Western Union
Western Union butun dunyo bo’ylab eng tez pul o’tkazmasidir. Pul o’tkazmasini amalga oshirish yengil bo’ldi, Western Union har kimga tez va qulay tarzda butun dunyo bo’ylab pul yuborish va olish imkonini beradi.
Western Union xalqaro pul o’tkazmasi tizimida faoliyat yuritadigan eng yirik tashkilot hisoblanadi.
Pul o’tkazmasini yuborish uchun:
- Yaqin atrofdagi Western Union shaxobchasiga murojaat qiling va "Pul yuborish uchun" blankasini to’ldiring.
- To’ldirilgan blankani va pulni operatorga bering. Kontrol raqamli kvitansiyani olishni unitmang.
Pul o’tkazmasini olish uchun:
- Pul yuboruvchi qachon pulni yuborganligi to’g’risida sizni ogoxlantirishi kerak.
- Pul yuboruvchidan kerakli ma'lumot olganizdan so’ng, yaqin atrofingizdagi Western Union shaxobchasiga murojaat qiling, shaxsni tasdiqlovchi hujjatni ko’rsating va "Pul olish uchun" blankasini kontrol raqam, pul yuborgan shaxsni to’liq ism-sharifi, qancha miqdordagi summa va qaysi davlatdan yuborilganini ko’rsatgan holda to’ldiring.
- Western Union operatori pul o’tkazmasi amalga oshirilganligini tekshirib ko’radi va sizning nomingizga pul o’tkazmasi mavjud bo’lsa, darhol ko’rsatilgan miqdordagi pulni sizga beradi.
Western Union xalqaro pul o’tkazmasi orqali pulni "Mikrokreditbank" OATB shaxobchalarida oling va o’tkazing.
MIGOM
MIGOM (MIGOM)® - "EvroTrastbank" tomonidan tashkil etilgan, jismoniy shaxslarga xisob-raqam ochilmasdan amalga oshiriladigan xalqaro pul o’tkazmasi tizimidir.
MIGOM® xalqaro pul o’tkazmasi tizimida munosibligi aniqdir - bu tezlik (10 minut), xavfsizlik (axborot xavfsizligini ta'minlovchi eng oldi texnologiyalar), arzonligi (pul o’tkazma miqdoridan komission to’lov atigi 2-3%), rasmiylashtirilishda qulaylik (bank rekvizitlarisiz).
MIGOM® xalqaro pul o’tkazmasi - bu:
- Pul o’tkazmasini maksimal tezlik darajada amalga oshirilishidir - atigi 10 minut;
- Past komission to’lovlar - 2% dan 3% gacha;
- Yirik banklar kafolatlari orqali sizning pullaringiz himoya qilinishi;
- Komission to’lovsiz pul o’tkazmasi to’lab berilishi;
- Pul o’tkazmasi rasmiylashtirilish tartibi qulayligi;
Tariflar
Pul o’tkazmasi to’lab berilayotganida komissiya to’lovi olinmaydi.
Pul o’tkazmasini amalga oshirishda mazkur davlatdagi mavjud valyuta operasiyalariga tegishli qonunchilikka asosan amalga oshiriladi.
"Bistraya pochta" - MDH davlatlari o’rtasidagi amalga oshiriladigan pul o’tkazmalari bo’yicha yetakchi xalqaro pul o’tkazmasi tizimidir.
Qulay rasmiylashtirilish tartibi va past komission to’lov AQSh dollari yoki YEVROdagi to’lov miqdoridan 2% (lekin valyutaga asosan 5 AQSh dollari yoki 5 YEVROdan kam bo’lmagan miqdorda), shuningdek pul oluvchi to’g’risida kam ma'lumot talab etiladi. Pul o’tkazmasi 1 minut ichida amalga oshiriladi.
Pul o’tkazmasi rasmiylashtirilishida pul yuboruvchi yuborilayotgan pul va komission to’lovni AQSh dollari yoki YEVROda amalga oshirilishini o’z xoxishiga qarab to’laydi, shaxsni tasdiqlovchi xujjatni (pasport yoki unga tenglashtirilgan xujjat) va pul oluvchi to’g’risida ma'lumot (FISh va yashash joyi)ni beradi.
Pul o’tkazmasi rasmiylashtirilganidan so’ng pul yuboruvchi pul oluvchiga kontrol raqam va pul miqdori to’g’risida ma'lumot beradi.
EKSPRESS-PEREVODLAR:
- Rossiya Federasiyasi hududida rossiya rublida;
- Rossiya, Armaniston, Gruziya, Azarbayjon, Belorusiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Moldaviya, Tojikiston, O’zbekiston va Ukraina davlatlari o’rtasida AQSh dollari va YEVROda.
CONTACT - Rossiyaning ATB "RUSSLAVBANK" (YAJ) tomonidan 1999 yilda ishlab chiqilgan jismoniy shaxslarga bankda hisob raqamni ochish zaruriyatisiz xizmat ko’rsatadigan birinchi xalqaro pul o’tkazmasi tarmog’idir.
CONTACT xalqaro pul o’tkazmalari bo’yicha operasiyalar AQSH dollari valyutasida amalga oshiriladi.
2009 yil 4 dekabrdan MDH, Boltiq bo’yi va Gruziya davlatlariga pul o’tkazmasining
YANGI TARIFLARI
|
|
MDH, Boltiq bo'yi va Gruziya davlatlari (AQSh dollari) |
|
|
Summa |
0 - 4 950 |
4951 -10 000 |
|
Komissiya |
2% |
(1,9 - 0,99%) |
CONTACT -Rossiyadagi yagona ISO 9001:2008 xalqaro standart sifati talablariga asosan sertifikatlangan xisob-kitoblarga ega bo’lgan tizimdir. Jaxonga tanilgan BVC auditorlik kompaniyasi 2005 yildan buni tasdiqlab kelmoqda.
CONTACT tizimi o’z mijozlari extiyojlarini maksimal qondirish maqsadida dinamik tarzda rivojlanib kelmoqda. Texnologiyalar doimiy ravishda takomillashtirilmoqda, xodimlarning professional malakasi oshirilmoqda hamda xizmat ko’rsatish turlari va punktlar tarmog’i kengaymoqda. Bugungi kunda dunyoning 90 mamlakatlarida 40 minga yaqin punktlar xizmat ko’rsatib kelmoqda. CONTACT tizimi Rossiya va Yaqin G’arb davlatlari xalqaro pul o’tkazmalari va to’lovlar bozorida yetakchi o’rinni egallaydi.
CONTACT pul o’tkazmalari bo’yicha qo’shimcha ma'lumotlarni www.contact-sys.com saytida topishingiz mumkin.
» "Mikrokreditbank" OATBga qarashli valyuta ayirboshlash shoxobchalari dislokatsiyasi





