PLASTIK KARTOCHKALAR
"Mikrokreditbank" ochiq aksiyadorlik-tijorat banki o`z faoliyati yillarida mijozlarga yangi texnolagiyalar va bank xizmatlarini joriy etish sohasidagi keng ko`lamli ishlarni amalga oshirib, doimo mijozlar istagini hisobga olib va o`z siyosatini ularning рar birining manfaatlarini ko`zlagan holda amalga oshirmoqda.
Bank plastik kartochka sohiblariga nakdsiz shaklda ko`rsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirib va takomillashtirib borgan xolda, qisqa muddatlar ichida plastik kartochkalar bozoridagi peshqadamlarga yaqinlashib oldi.
Plastik kartochkalar tizimini joriy etilishi quyidagi afzalliklarga ega:
- plastik kartochka xisob raqamidagi qoldiq mablag`ga ma`lum miqdorda foiz hisoblanadi;
- plastik kartochkalar parol bilan ximoyalanganligi uchun begona shaxslar tomonidan foydalanish imkoni yo`q. Kartochka yo`qotilgan taqdirda undagi mablag` saqlanib holadi va mablag`lar boshqa xisob raqamga o`tkazilib, mijozga yangi kartochka berilishi mumkin;
- ko`p miqdorda naqd pul olib yurishdan ozod qiladi, zarur xollarda plastik kartochka xisob raqamidagi mablag`ni bankomat yoki bank kassalaridagi terminallar orqali naqd pulga aylantirish imkoniyati mavjud;
- plastik kartochkalardan foydalanish gigienik jixatdan naqd pul olib yurishga nisbatan toza xisoblanadi;
Savdo tashkilotlari uchun:
- plastik kartochkalar orqali amalga oshirilgan to`lovlar summasidan to`lanadigan soliqga 20% imtiyoz berilgan;
- savdoda mayda pul (qaytim) bilan ta`minlanganlik muammosini bartaraf etadi;
- savdo shaxobchalari kassalarida naqd pullarni sanash qisqarishi hisobiga hisob-kitoblar tezligi oshadi.
![]() |
Plastik kartalarini foydalanishga olish uchun shartnoma
(PDF, 133 KB) |
![]() |
Plastik kartochka yo`qotilganda buyurtnoma
(PDF, 55 KB) |






